«Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish» mavzuida o‘quv seminari tashkil etildi

25.02.2020

Davlatimiz rahbarining «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Andijon viloyatida 20-21-fevral kunlari «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish» bo‘yicha hududiy komissiya a'zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur seminarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri - majburiy mehnatga qarshi kurashish kichik komissiyasi raisi Xusanov Nozim Baxtiyarovich, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Egamberdiyev Abdujabbor Xusanovich, Xalqaro mehnat tashkilotining vakili Oksana Lipkanular bugungi kunda majburiy mehnatga qarshi kurashishda hududiy komissiyalarining faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, bolalar mehnatiga barham berishda tuzilgan komissiyalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdagi roli haqida so‘zga chiqdilar.

photo_2020-02-21_17-16-41 (5)

Seminarda milliy komissiyaning asosiy vazifalari, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish, undan tashqari davlat va hududiy organlarning hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligi va bahamjihat ishlashlarini ta'minlash, odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida samarali xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida urg‘u berildi.

photo_2020-02-21_17-16-37

Tadbir so‘ngida, kelgusida har bir hududiy komissiyalar tomonidan 2020-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqib, bir necha vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini muhokama qilish zarurligi ta'kidlandi.

photo_2020-02-25_08-48-19

Shuningdek Majburiy mehnatga qarshi kurashish kichik komissiya raisi N.Xusanov tomonidan Andijon shahar Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini tashkil etilishi va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi hamda komissiya mas'ul kotibi tomonidan Andijon viloyatining «Xo‘jaobod» va «Buloqboshi» tumanlarida o‘rganish tashkil etildi va tegishli tavsiyalar berildi.