N.Xusanov Sirdaryo viloyatida 2020-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olishga mo‘ljallangan sharoit bilan tanishdi

18.09.2020

Joriy yilning 16-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Sirdaryo viloyatida 2020-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olishga ixtiyoriy ravishda qatnashadigan ish bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi uchun tashkil etilgan dala markazlaridagi sharoitlarni o‘rgandi.

Sirdaryo viloyatida paxta yig‘ib-terib olish uchun ixtiyoriy ravishda jalb etilayotgan ish bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish, eng muhimi ularning mavsum davomida qo‘shimcha daromad manbaalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish uchun 30 ming nafar terimchi sig‘imiga ega bo‘lgan dala markazlari (Hasharchilar shaharchasi) yotoq joylari bilan tashkil etildi.

Vazir Xovos tumani Paxtakor SIUdagi sobiq Paxtakor MTP binosida 400 o‘rinli, Boyovut tumanidagi “3-Boyovut” SIU xududidagi bo‘sh turgan pillaxona binosida 400 o‘rinli, "1-Boyovut" SIU Markaz MFY sobiq konserva korxonasi binosida 160 o‘rinli, “Boboyurt” MFYdagi bo‘sh turgan omborxona maydonidagi 120 o‘rinli, terimchi uchun sanitariya-gigiyena va maishiy sharoitlarga ega ikki qavatli yotoq o‘rni, ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, ventilyasiya tizimlari, oshxona jihozlari, yuvinish joyi, malakali tibbiy xodimlar, tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish uchun tibbiy inventar hamda dori-darmonlar, preparatlar bilan ta’minlanish sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.