Nukus shahrida joylashgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi “Gʻarbiy” davlat muassa direktori o‘rinbosariga bildirilgan e'tiroz

24.07.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda "Nukus shahrida joylashgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi “Gʻarbiy” davlat muassa direktori o‘rinbosari Z.A mehnat qonunchiligiga zid ravishda qo‘l ostidagi xodimlarni majburiy mehnatga, ya’ni ishdan tashqari va dam olish kunlari muassasaga keladigan yuklarni tushirishga jalb qilayotgani, ularning xizmat majburiyatiga kirmaydigan ish uchun qo‘shimcha haq ham to‘lamayotganiga e’tiroz bildirilgan" sarlavhasi ostida xabar tarqalgan. 

Ushbu holat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi  rahbariyati tomonidan nazoratga olinganligini ma'lum qilamiz..  Tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, vaziyat o'rganilmoqda.
 
       Bu haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.