Nukus shahrida joylashgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi “Gʻarbiy” davlat muassa direktori o‘rinbosari ustidan e'tiroz bildirilganligi yuzasidan rasmiy munosabat
01.08.2023
Ijtimoiy tarmoqlarda "Nukus shahrida joylashgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi “Gʻarbiy” davlat muassa direktori o‘rinbosari Z.A mehnat qonunchiligiga zid ravishda qo‘l ostidagi xodimlarni majburiy mehnatga, ya’ni ishdan tashqari va dam olish kunlari muassasaga keladigan yuklarni tushirishga jalb qilayotgani, ularning xizmat majburiyatimizga kirmaydigan ish uchun qo‘shimcha haq ham to‘lamayotganiga e’tiroz bildirilgan" sarlavha ostida xabar tarqalgan.
Ushbu holat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinganligini ma'lum qilamiz.. Tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, vaziyat o'rganilmoqda.
Bu haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.