NOVOSIBIRSKDA VATANDOSHLARIMIZ SANTEXNIKA YO‘NALISHIDA O‘QUV-KURSINI TUGATDI

24.10.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, XDRU hamda “World Skills Russia” o‘rtasida imzolangan uch tomonlama memorandum doirasida Novosibirsk shahar qurilish-montaj kollejida o‘zbekistonlik fuqarolar uchun santexnika yo‘nalishida o‘quv-kursi tashkil etilgani хабар қилинган эди.

Ushbu kursni muvaffaqiyatli tugatgan ilk qaldirg‘ochlarga mutaxassislik sertifikatlari topshirildi.

Endilikda mutaxassislik sertifikatiga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz ushbu yo‘nalishda rasmiy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, uch tomonlama memorandum Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon va Novosibirsk shaharlarida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasbga o‘qitishni ko‘zda tutadi. Unda fuqarolar qurilish, xizmat ko‘rsatish, transport va logistika, texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish, avtomobilsozlik sohalarida 25 ta kasb bo‘yicha o‘qitiladi.