Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq to‘lash koeffisiyentlari
22.01.2024
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq to‘lash koeffisiyenti ayrim hududlardagi mehnat sharoitlarining xususiyatlari inobatga olingan holda xodimlarga to‘lanadigan kompensasiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama turidir. Koeffisiyentlarning eng kam miqdorlari va ularni qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.