Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi “Imkoniyatlar markazi” tashkil etiladi
“Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi" 390-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar:
✔️ ko‘rgazma yarmarkasi doimiy tarzda o‘tkaziladi;
✔️ hajmi va texnik parametrlari to‘g‘risidagi axborotlar 2022 yil 15 noyabrga qadar Elektron kooperasiya portaliga joylashtiriladi;
✔️2023 yil 1 yanvarga qadar yagona reyestri yuritilishi tashkil etiladi.
☑️ 2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida tegishli tashkilotlar xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida o‘z hududida Reyestrga kiritilgan korxonalar ishlab chiqargan tovarlarni sotib oladi.
✅ 2022 yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023 yildan boshlab qolgan hududlarda “Imkoniyatlar markazi” faoliyati tashkil etiladi.
🏢 “Imkoniyatlar markazi”:
📍nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;
📍nogironligi bo‘lgan shaxslarning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.