Namangan shahar Nodira ko‘chasi “5 Baynalminal” MFYda joylashgan Namangan shahar kasalxonasida xodimlarga qariyb 4 oydan beri maosh berilmaypti

17.08.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar Nodira ko‘chasi “5 Baynalminal” MFYda joylashgan Namangan shahar kasalxonasida xodimlarga qariyb 4 oydan beri maosh berilmayotgani, investor tomonidan 90 nafar tibbiyot xodimi ko‘chaga haydab yuborilgani, 2023 yil 1 iyun kuni smeta tasdiqlanmasdan ta’mirlashga yopib qo‘yilgani, ammo bugungacha ta’mirlash ishlari boshlanmagani haqida video xabar (https://t.me/Kaparzo_Islam/852) e'lon qilindi.

Namangan viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu murojaatni o’z nazoratiga oldi, oʻrganishlar natijasi haqida qo’shimcha axborot beriladi.