Namangan shahar "Ishga marhamat" monomarkazida nogironligi bo'lgan shaxslar bilan uchrashuv tashkil etildi

19.01.2022

Bugun Namangan shahar "Ishga marhamat" monomarkazida nogironligi bo'lgan shaxslar mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo'yicha tashkil etilgan o'quv kurslari bilan tanishtirildi hamda o'qish istagini bildirgan fuqarolar o'zlari qiziqqan yo'nalishlar kesimida ro'yxatga olindi.

Ma’lumot uchun: Tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57 sonli "Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilmoqda.