Namangan shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi
11.09.2020
Shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazining 3 qavatli zamonaviy binosi front-ofis uslubida bunyod etildi.
Zamonaviy ko‘rinishdagi mazkur markaz binosida kasblarga qayta o‘qitish bo‘yicha barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, internet tarmog‘i bilan ta’minlangan.
Bugungi ochilish marosimi davomida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, unda 300dan ortiq korxona-tashkilotlar tomonidan 3500dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.