Muborak tumanida sayyor qabul tashkil etildi

31.07.2021

Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida sayyor qabul o'tkazdi.

 Unda 50 nafardan ziyod ishsiz fuqarolar qatnashdi. Shu bilan bir qatorda, turli yo‘nalishlarda kasbga o‘qitilgan 10 nafar ishtirokchiga tikuv mashinalari, 5 nafariga mikroto‘lqinli pech, 5 nafar fuqarolarga esa payvandlash apparatlari berildi.

Bundan tashqari qabulda ishsiz 30 nafar fuqarolar murojaatlari joyida hal etilib, 6 nafariga tumandagi turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi.