Mirzo Ulug‘bek tumanida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
14.03.2020
Joriy yilning 13 mart kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi. Yarmarka shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirda 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
Bunda 32 nafar band bo‘lmagan aholiga yo‘llanma taqdim etilidi,.
Shuningdek, tadbir davomida mehnat qonunchiligiga oid yangiliklar va sohada olib borilayotgan islohotlar xususida tushuntirishlar berildi.