Milliy vakansiyalar bazasining yangi tahrirda ishga tushdi

29.07.2022

Hurmatli foydalanuvchi Siz o‘z tashkilotingizdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotni (hisobotni) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Milliy vakansiyalar bazasining yangi tahriri (ish.mehnat.uz) yoki Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) sayti orqali onlayn yuborishingiz mumkin.





Hurmatli “Milliy vakansiyalar bazasi” sayti foydalanuvchisi ushbu texnologik qo‘llanma orqali Sizga ish.mehnat.uz saytining yangi taxririda o‘z tashkilotingizdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumot (hisobot)ni tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (ABKM)ga onlayn yuborilishi ko‘rsatilib o‘tiladi.

                       
 1-qadam. Milliy vakansiyalar bazasining ish.mehnat.uz saytida “Kirish” gipermatni bosing.



                             2-qadam. Yagona indentifikasiya tizimidan Davlat soliq organlari tomonidan olingan Elektron raqamli imzo (ERI) orqali saytga kirishingiz lozim bo‘ladi.



      3-qadam. “Bo‘sh ish o‘rinlari hisoboti” gipermatni bosing.




                                     4-qadam. Bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot yuborish uchun Siz Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) ga o‘tishingiz kerak bo‘ladi.




                    5-qadam. Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) orqali Yagona indentifikasiya tizimidan Davlat soliq organlari tomonidan olingan Elektron raqamli imzo (ERI) orqali saytga                                                                                                                                       kirishingiz lozim bo‘ladi.


 6-qadam. Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) saytida “Tashkilot kabineti” gipermatni bosing.



                       7-qadam. Tashkilot kabineti menyusida bo‘sh ish o‘rinlarini gipermatni orqali “Bo‘sh ish o‘rinlarini bo‘yicha hisobot yuborish” bosing.


                              8-qadam. Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha hisobot yuborish gipermatni bosish orqali tashkilotingizda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ma’lumotlarini xisobot shakliga yuklab oladi. Undan                                 so‘ng “Hisobot yuborish” gipermatni bosishingiz lozim bo‘ladi.


                         9-qadam. Agar Sizda “Hisobot yuborish” gipermatni bosganingizda “Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi hisobotni yuborish uchun, majburiy qatorlarni to‘ldiring” deyilgan yozuv chiqsa hisobotingizni qaytadan ko‘rib chiqib, qizil fondagi ma’lumotni to‘ldirishingiz lozim bo‘ladi.



10-qadam. To‘ldirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar “Bo‘sh ish o‘rinlari” menyusida ko‘rsatiladi.

 

11-qadam. Majburiy qatorlarni to‘ldirganizdan so‘ng “Saqlash va chop etish” tugmasini bosing.



12-qadam. “Hisobot shakli”da ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, hisobotni yuborish tashkilotingiz joylashgan manzili bo‘yicha tuman Aholi bandligiga

ko‘maklashish markazi (ABKM)ni tanlang va yuborishni bosing.



13-qadam. Hurmatli foydalanuvchi “Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumot”ni yuborish yuzasidan SAVOLINGIZ bo‘lsa tashkilotingiz joylashgan manzil bo‘yicha Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (ABKM)ga murojaat qilishingiz yoki O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining CALL markaz (0371) 200 06 00 ga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.