Mehnat sohasiga oid izohli lug‘at yaratiladi

28.07.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son hamda 2020 yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmonlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, bandlik va mehnat sohalariga oid atamalarning izohli lug‘atini tayyorlash maqsadida Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.