Mehnat qonunchiligiga asosan ish beruvchilarga vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlashtirish huquqi berildi.
Mehnat qonunchiligiga asosan ish beruvchilarga vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlashtirish huquqi berildi.
📋Mehnat kodeksining 113-moddasida, karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.
🔰 Qonunchilik me’yorlarini to‘g‘ri, aniq va bir xil qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida tavsiyaviy xarakterdagi tushuntirish ishlab chiqildi. Bunda,
❗️ Karantinli va odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarni tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda profilaktik emlashdan o‘tishni rad etish, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga asosan xodimni ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq chiqarishga asos bo‘ladi.
📝 Ish beruvchi, karantin va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarni tarqalishi tahdidi munosabati bilan emlashdan o‘tish majburiyati yuzasidan kasaba uyushma bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlarga qo‘shimcha kiritishi lozim.
🧾 Ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq chiqarishdan avval xodimdan emlashni rad etish bo‘yicha yozma ariza olinadi. Agar xodim yozma ariza berishdan bosh tortsa, xodimning emlanishni rad etganlik va bu bo‘yicha ariza berishdan bosh tortganligi yuzasidan dalolatnoma tuziladi. Ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq bilan xodim imzo qo‘ygan holda tanishtiriladi.
⏳ O‘zbekiston Respublikasi Bosh sanitariya vrachining qaroriga asosan profilaktik emlashlar o‘tkaziladigan shartlar olib tashlanguncha, ammo, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan bitta profilaktik tadbir bo‘yicha jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
🚫 Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.
❗️ Xodim ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, mehnat intizomi to‘g‘risidagi nizom va ustavlari, ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan ishdan chetlashtirishning maksimal muddati davomida, tibbiy qarshiliklar bo‘lmaganda emlashdan bosh tortgan xodimlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo qo‘llanilish choralari nazarda tutilishi mumkin.
🖥 Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra profilaktik emlashdan o‘tishni rad etadigan qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lganda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq xodim masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.
☑️ Karantin va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kassalliklarni tarqalishi tahdidi munosabati bilan emlashdan o‘tishni tashkillashtirish ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur normalar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan lokal hujjatlarda belgilanadi.
⚠️ Ma’lumot uchun: “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini Sog‘liqni saqlash vazirligining emlash.uz axborot tizimiga integrasiya orqali ish beruvchilarning shaxsiy kabinetida “Koronavirusga qarish emlanganlar soni” va “Koronavirusga qarshi emlanmagan xodimlar ro‘yxati” yuritilmoqda. Shuningdek ish beruvchilar kesimida ish xodimlarining emlanganlik darajasi bo‘yicha monitoring olib borish imkoniyati mavjud.