Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
13.02.2020
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tashabbusi va Sergeli tumani Prokuraturasi bilan hamkorlikda Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida Sergeli tumanida joylashgan korxona va tashkilotlarning rahbar va kadrlari, Respublika kurslarida Mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirishga kelgan “Uzbekiston Airways” AJning rahbar va mutaxassislarini jalb qilgan holda “Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish” masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.