Mehnat Maskahatchisi
Mehnat kodeksining 16-moddasi
(https://lex.uz/docs/-142859) ✅Xodimning asosiy mehnat huquqlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxs mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Har bir xodim:
1️⃣o‘z mehnati uchun qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;
2️⃣muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
3️⃣xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
4️⃣kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
5️⃣ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
6️⃣kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
7️⃣qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;
8️⃣o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
❗️jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.