Mehnat kodeksining 285-moddasi.

05.07.2022

Mehnat kodeksining 285-moddasi.

 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasal boʻlinganda, mehnatda mayib boʻlgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan turmushda jarohatlanganda, oilaning betob aʼzosini parvarish qilganda, karantin eʼlon qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanganda va protez qilinganda toʻlanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib boʻlgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining toʻliq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sugʻurtasi badallarini toʻlagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramogʻidagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda toʻlanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz boʻlmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.