Mehnat kodeksining 115-moddasi.

15.07.2022

Mehnat kodeksining 115-moddasi.

Ish vaqtining normal muddati

1️⃣Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

2️⃣Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

3️⃣Korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilingan taqdirda ushbu Kodeksning 123-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.