“Malaxit Pulys” MChJga ko‘rsatma berildi
“Ishonch” gazetasida “Quruvchi manfaati kimning himoyasida” mavzuida maqola e'lon qilindi. Unda Samarqand shahrida qurilish ishlari bilan shug‘ullanayotgan “Malaxit Pulys” MChJda mehnat muhofazasiga rioya etilmayotgani, ishchilar maxsus kiyimlar bilan ta'minlanmagani va munosib mehnat va yashash sharoiti yaratilmagani bayon etilgan.
Mazkur masala yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari o‘rganish olib bordi. O‘rganishlarga ko‘ra, korxonada texnika xavfsizligi mutaxassisi lavozimi mavjud emasligi, xodimlar jamoaviy va shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyim bilan ta'minlanmagani, xodimlar “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish to‘g‘risida”gi nizom bilan tanishtirilmagani hamda xodimlar sug‘urta qilinmagani aniqlandi.
Mavjud kamchiliklarni 10 kun ichida tuzatish yuzasidan korxona rahbariga talabnoma kiritildi. Ko‘rsatmaning ko‘rsatilgan muddatda bajarilmasligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
https://t.me/mehnatpress