Majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha onlayn o‘quv kursi o‘tkazildi

17.07.2021

Joriy yilning 25 iyunidan – 16 iyulga qadar karantin qoidalariga qaratilgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda onlayn tarzda Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi bilan hamkorlikda Davlat mehnat inspeksiyasining barcha inspektorlariga majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha onlayn o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Onlayn o‘quv kursining maqsadi majburiy mehnatga qarshi kurashda mehnat inspektorlarining salohiyatini kuchaytirishdan iborat bo‘lib, kursda prezentatsiyalar, video materiallar va amaliy mashg‘ulotlardan foydalanildi.

O‘quv kursi avvali va oxirida tinglovchilardan ularning majburiy mehnatga oid asosiy masalalarni tushunish darajasi va ushbu masalani hal qilishda mehnat inspeksiyasining ishtirokini baholash darajasi o‘tkazildi hamda bu boradagi fikr-mulohazalar almashildi.

Mazkur o'quv dasturini xalqaro ekspertlar Oksana Lipkanu, Maykl Kandarakis, shuningdek Bosh prokuratura Akademiyasidan Ulug‘bek Abduraxmanov olib bordilar.

O‘quv dasturning yakuniy qismida Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi Bosh texnik maslahatchisi Yonas Astrup ishtirokchilarga o‘z samimiy tilaklarini bildirib, kelgusida yana o‘quv dasturlari tashkil etilishini va xamkorligimiz davom etishini bildirdilar.