“Majburiy mehnat va kadrlarni adolatli tanlash mavzusida material tayyorlash”ga bag‘ishlangan onlayn o‘quv mashg‘ulotlar boshlandi
04.10.2021
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning O‘zbekistondagi Bridge loyihasi asosida 4-7 oktyabr kunlari jurnalistlar uchun rejalashtirilgan “Majburiy mehnat va kadrlarni adolatli tanlash mavzusida material tayyorlash”ga bag‘ishlangan onlayn o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Unda vazirlik matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mavjudaxon Mirzayeva ishtirok etdi.