“Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi

05.04.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o'rinbosari N.Yakubov rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan Shayxontohur tumanidagi vazirlikka biriktirilgan 14 ta mahallalarda uyma-uy yurish orqali 1 316 ta xonadon o‘rganildi.

Jumladan, vazirlik homiyligida obodonlashtirish yo‘nalishida bir qator ishlar, xususan, tumandagi “Shodlik” mahallasidagi “Otalar mahalla guzari”ni ta’mirlash, “Sarxumdon” mahallasidagi 36-37 ko‘p qavatli uylar oralig‘iga yangi bolalar maydonchasi barpo etilishiga hamda ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish masalalariga ko‘maklashilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida turli yo‘nalishlarda (sog‘liqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy soha, bandlik, kredit va  kommunal) aniqlangan muammolar tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etildi. Bundan tashqari, tadbirlar davomida 110 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 146 nafar ishsizlar jamoat ishlariga jalb etildi, 87 nafari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishga yuborildi hamda 74 nafariga o‘zini-o‘zi band qilish guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

Shu bilan bir qatorda, vazirlik tomonidan sayyor uchrashuvlar ham o‘tkazilib,  243 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Ulardan 162 nafarining muammoli masalalari bartaraf etildi hamda 56 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatdar berildi.