“Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov boshchiligida Surxondaryo viloyatida “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, viloyatning Denov tumanida vazirlikning yuqori va o‘rta bo‘g‘inlaridan hamda tegishli tashkilotlardan jalb qilingan 187 nafar xodimlardan iborat 4 ta katta va 90 ta kichik ishchi guruhlar tuzilib, tumandagi 103 ta MFYlarda uyma-uy yurish orqali mahallalarning “o‘sish nuqtasi”ni aniqlash hamda yetakchi tadbirkorlarga “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarni biriktirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari “Ishga marhamat” monomarkazi qurib bitkazilgan bo‘lib, u yerda tumandagi ishsiz hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 120 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitila boshlandi.
Shuningdek, tuman markazidan olis hududlardagi yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash masalalari bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.