Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-918-sonli Qonuni qabul qilindi.

13.03.2024
Unga ko‘ra, Xalqaro mehnat tashkilotining “Ish haqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 95-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1949-yil, 1-iyul) ratifikatsiya qilindi.
Ratifikatsiyaga binoan konvensiyada ish beruvchilar tomonidan ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan, qoidalar ish haqi to‘lanadigan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi qayd etilgan. 
 
Konvensiyada:
 
xodimlarning ish haqini qonuniy ravishda va belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida to‘lanishi;
 
ish haqi bevosita xodimga ish kunida va ish joyida naqd shaklida to‘lanishi, natura shaklida to‘lashning chegarasi va shartlari mavjudligi;
 
xodimning ish haqini erkin tasarruf eta olishi, ish haqidan ushlab qolinishi va chegarasi faqat milliy qonunchilikda belgilanishi;
 
xodimlarga ish haqini hisoblanishi va tarkibi to‘g‘risida axborot olishlari kabi huquqlaridan foydalana olishi lozimligi va boshqa talablar mavjud.
 
Ma’lumot uchun, mazkur konvensiya (https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/---ed_norm/---normes/documents/normativeinstrument/wcms_c095_ru.htm) 98 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qo‘shni davlatlar ham mavjud.