Koreys tilidan o‘tkaziladigan “EPS-TOPIK” test sinovlari to‘g‘risida e'lon
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida tuzilgan “Ishchilarni Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Anglashuv memorandumiga muvofiq, koreys tilidan EPS-TOPIK test imtihoni 2019-yil 23-sentabr kunidan boshlanishini ma'lum qilamiz.
Dinamik reytingda aks ettirilgan eng yuqori balga ega 2500 nafar nomzod Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reestri asosida 2019-yil 5-9-avgust kunlari mg.mehnat.uz internet manzili orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish 2019-yil 9-avgust kuni soat 24:00 da to‘xtatiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun Siz mg.mehnat.uz internet manziliga o‘tib, pasportingiz seriyasi va raqamini kiriting va so‘ralgan ma'lumotlar hamda hujjatlarning elektron nusxasini qoldiring.
Sizdan so‘raladigan ma'lumotlar:
1. Telefon raqamingiz;
2. Yashash manzilingiz (viloyat, tuman, MFY, ko‘cha va xonadon);
3. Amaldagi fuqarolik pasport seriyasi va raqami.
Yuklash lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
1. Sifatli elektron ko‘rinishda rangli fuqarolik pasport nusxasi. Pasportingizni almashtirgan bo‘lsangiz, yangi pasport nusxasini yuklang (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55 kb dan 60 kb gacha JPG formatida bo‘lishi lozim);
2. Agar bo‘lsa, sifatli elektron ko‘rinishda rangli xorijga chiqish pasport nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55 kb dan 60 kb gacha JPG formatida bo‘lishi lozim);
3. 3,5 x 4,5 bo‘lgan sifatli oq fonli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil bo‘lmasligi kerak, fayl hajmi 13 kb dan 15 kb gacha JPG formatida bo‘lishi lozim);
4. 24 AQSh dollari to‘langanligi haqida to‘lov kvitansiyasi elektron nusxasi.
Diqqat! To‘lov O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari orqali quyidagi manzilga amalga oshiriladi:
To‘lov oluvchi: |
“Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” DUK |
To‘lov miqdori: |
24 AQSh dollari, to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha milliy valyuta so‘mda amalga oshiriladi |
Bank nomi: |
Tashqi iqtisodiyot faoliyati Milliy banki bosh amaliyot bo‘limi |
Hisob raqam: |
№ 202 100 006 004 312 020 03 MFO 00407 INN 201121089 OKED 78100 |
To‘lov maqsadi: |
EPS-TOPIK imtihoni uchun, to‘liq F.I.Sh., fuqarolik pasportining seriya va raqami |
Ma'lumot uchun:
Muammolar va kamchiliklar vujudga kelgan taqdirda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Tel. 71-202-33-55