Koreyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar va Bilimni baholash markazlari diqqatiga!

18.07.2019

Koreya Respublikasida ishga joylashish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun EPS-TOPIK imtihonlarini tashkil etish bosqichlariga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining test.mehnat.uz portalida ko‘rsatilgan milliy reestrdagi dinamik ro‘yxatga nomzodlarni qo‘shish joriy yilning 15-iyul kuni to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, dinamik ro‘yxatga kiritilgan nomzodlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 2500 nafar shaxs EPS-TOPIC imtihonlarini topshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Mehnat va bandlik vazirligi o‘rtasida tuzilgan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida”gi Memorandumga muvofiq, 2019-yil uchun mo‘ljallangan koreys tilidan EPS-TOPIK test imtihoni 2019-yil 2-sentabr kunidan 2019-yil 10-oktabrgacha bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi test.mehnat.uz portalida ko‘rsatilgan milliy reestrdagi dinamik ro‘yxatga yangi nomzodlarni kiritish koreys tilidan EPS-TOPIK test imtihoni olish va natijalarni e'lon qilish yakunigacha to‘xtatilganligini ma'lum qiladi.