Koreya Respublikasidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashuv tashkil etildi
05.09.2021
Koreya Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini o‘rganish, Ye-8 va Ye-9 ishchi vizalari bilan yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish, ish joyidan qochib ketgan fuqarolar masalalarini muhokama qilish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Irmatov ushbu davlatda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida bugun mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda Puchon shahrida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.