Kogon tuman hokimi M.Esonovga belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilishi so‘ralgan.
19.07.2023
Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon tuman hokimi Muhiddin Esonov hozir (kechki mahal) majlis boshlab yuborgani, shuningdek, u har ikki kunda yig‘ilish o‘tkazayotgani milliy qonunchiligimizga zid ekani ta’kidlanib, mazkur holatlar uchun Kogon tuman hokimi M.Esonovga belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rilishi so‘ralganligi to'g'risida xabar tarqalgan.
Ushbu holat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, vaziyat o'rganilmoqda.
Bu haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.