Kim bo‘lsam ekan, qaysi kasbni tanlaganim ma'qul?
Umumta'lim maktablarining yuqori sinfida ta'lim olayotgan o‘quvchilarni hozirda mana shunday savollar o‘ylantirayotgani aniq.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munasabatlari va Xalq ta'limi vazirliklari o‘rtasida 2019-yil 6-dekabrda imzolangan qo‘shma qarorga muvofiq, 2019-2020 o‘quv yili davomida umumta'lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan mehnat darslari davomida Navoiy viloyatining chekka hududidagi Zarafshon shahri va Uchquduq hamda Tomdi tumanlaridagi maktablarda Kasbga yo‘naltirish soatlari tashkil etildi.
Bu kabi uchrashuvlarda o‘g‘il-qizlarga talab yuqori bo‘lgan kasblar, mehnat bozorining bugungi holati yuzasidan ma'lumot berilyapti.