Kasb-hunarga o‘qitish markazining ilk bitiruvchilariga sertifikat topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman kasb-hunarga o‘qitish markazining ilk bitiruvchilariga tantanali ravishda sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumot o'rnida keltirish joizki, shu kunga qadar markazda tikuvchilik, elektromontaj ustasi, qishloq xo‘jaligi mexanizatori, payvandlovchi (elektr-gaz, argon), batler-ofisiant, oshpaz-qandolatchi, santexnik, qurilish-pardozlash ustasi yo‘nalishi bo‘yicha jami 421 nafar o‘quvchi bepul o‘quv kurslariga jalb qilingan bo‘lib, ulardan 334 nafari kursni tugatdi.
Shuningdek, tadbirda markaz rahbariyati vakillari so‘zga chiqib bitiruvchilarga kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar hamroh bo‘lishini tiladilar.