Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrining Yunusobod va Uchtepa tumanlaridagi Kunlik mehnat markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

12.03.2023

Tadbirkorlar diqqatiga!

 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrining Yunusobod va Uchtepa tumanlaridagi Kunlik mehnat markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalar tanlovini e’lon qiladi.


Vaqtincha ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash va muammosini hal etishga qaratilgan loyihada ishtirok etmoqchi bo’lganlar uchun talablar:
– nomzodlar yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, sudlanmagan;
– qisqa raqamli tezkor aloqa xizmati (call markaz)ni tashkil etish imkoniga ega;
– tezkor aloqa xizmati orqali jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolarni vaqtincha ishlarga yollash bo‘yicha buyurtmalar olish;
– har kuni kamida 200 nafar ishsiz fuqarolarni ayniqsa, xotin-qizlarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish;
– ishchilarni ish joyiga olib borish va olib kelishga mo'ljallangan kamida 2 dona transport vositasiga ega bo‘lishi;
– vaqtinchalik ishlovchi fuqarolar uchun kamida 100 kishilik arzonlashtirilgan narxlarda xizmat ko‘rsatuvchi oshxona tashkil etish;
– fuqarolarga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berishni yo‘lga qo‘yish;
– onlayn xizmatlar ko‘rsatish uchun Markaz o’z veb-saytiga ega bo’lishi;
– keng qamrovli axborot-targ‘ibot va reklama xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Instagram va h.k.) o‘z sahifalari ega bo‘lishi lozim.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar maʼlumotlarini quyidagi pochta manzili yoki telefon raqamiga qoldirishlari mumkin
(info@bv.gov.uz)
 +99871 203 01 41


 Tanlov 2024-yilning 20-martiga qadar davom etadi.