Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining matbuot kotibi tayinlandi.

09.03.2023



      Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining matbuot kotibi tayinlandi.

Hayitov Faxriddin Xudoyqulovich Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining matbuot kotibi – axborot xizmatining boshlig‘i etib tayinlandi.

Bunga qadar Faxriddin Hayitov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va Davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas'ul xodimi vazifasida faoliyat olib borgan.

Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.