Jizzaxda “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi.

06.01.2024

Jizzax viloyatida el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan, mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshgan taniqli keksa avlod, oʻrta avlod vakillari va yoshlar bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi.



“Otalar jasorati – ibrat namunasi” mavzusidagi mazkur tadbirda Oʻzbekiston qahramonlari, “El-yurt hurmati” ordeni va boshqa davlat mukofotlari sohiblari, atoqli adiblar, taniqli sanʼatkorlar va ziyolilar, sportchilar va mahalla faollari ishtirok etdi.



Tadbir davomida yoshlar kattalarning bilim va tajribalari hamda vatanparvarlik va shishoatga chorlovgi oʻgitlaridan bahramand boʻlishdi. Shoirlarning sheʼrlari, xushovoz xonandalarning kuy-qoʻshiqlari uchrashuvga oʻzgacha fayz kiritdi.