ISHSIZ VA BAND BO‘LMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA O‘QITISH MAQSADIDA TADBIR TASHKIL ETILDI
29.10.2020
Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslari negizidagi Kasb-hunarga o‘qitish bo‘limi o‘z faoliyatini boshlagani munosabati bilan, Sergeli tumanidagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga jalb etish maqsadida tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, bandlik xizmati, kasaba uyushmalari hamkorligida ushbu o‘quv bo‘limidagi mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berildi.