"Ishga marhamat" monomarkazlari xodimlari uchun maxsus trening
Quyosh kollektorlardan foydalanish an'anaviy elektr energiyasi mavjud bo'lmagan chekka hududlarda infratuzilma muammolarini hal qilishga yordam beradi. Biroq, bugungi kunda quyosh-suv kollektorlari bo'yicha malakali mutaxassislarning yetishmasligi muammosi mavjud.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan qo‘shma loyihasi doirasida 2023-yil 30-oktabrdan 3-noyabrga qadar Toshkent shahrida “Issiq suv tayyorlash va isitish tizimlar uchun quyosh kollektorlarni o’rnatish va xizmat ko’rsatish” bo‘yicha "Ishga marhamat" monomarkazlari mutaxassis-o‘qituvchilarini (santexnik-chilangarlar) tayyorlash bo‘yicha trening o‘tkazildi. Ham nazariy, ham amaliy qismlardan iborat bo’lgan mazkur trening 5 kun davom etdi. Trening ishtirokchilari kichik guruhlarga bo'linib, bilimlarni mustahkamlash uchun quyosh panellari obyektlarida amaliyot o'tadilar. Trening so’nggida monomarkazlar ishtirokchilari kelgusida mustaqil ravishda dars o’tishlari uchun barcha uslubiy materiallar bilan ta’minlanadi.