Ish izlashdagi murakkabliklar, zarur tajribaning yoʻqligi yoki ish oʻrnini yoʻqotish – bular koʻngil choʻktirishga bahona boʻlmaydi. Birinchi qadam – eng murakkabi, ammo Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bu qadamni qoʻyishda yordam beradi.
Har bir shaharda, har bir tumanda, mutlaqo bepul, ishsiz aholi uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
✅Bandlik boʻyicha mutaxassislardan konsultatsiya olish;
✅Koʻngildagidek ishni topish;
✅Kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga yoʻllanma olish;
✅Puli toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashishga ariza topshirish;
✅Ishsizlik nafaqasini olish va boshqalar.
❗️Ish beruvchilar uchun yangi imkoniyatlar:
🔸Yosh tadbirkorlar uchun xarajatlarni qoplashga subsidiyalar;
🔸Ishsiz yoshlar va nogironligi bor insonlarni ishga olishda ish beruvchilar uchun imtiyozlar va subsidiyalar;
🔸Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyatlar va boshqalar.
Siz uchun yangi istiqbollar – Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida!
☎️ (71) 200-06-00