Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta'tillar

18.03.2020
#Bilasizmi?
 

Xodimning arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta'til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra, ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta'til beriladi:

  • 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar;
  • ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar;
  • ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga;
  • o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar;
  • mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.