#Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni
#Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni
Farzand tarbiyasi uchun sarflangan mablag‘ kelajakka tikilgan investisiyadir. Ularni barkamol avlod sifatida voyaga yetkazish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Bunda kitobning ahamiyati beqiyosdir.
Bugun, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Shu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” nomli loyihasi tashkil qilindi. Bunda vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarning farzandlariga badiiy kitoblar hadya etildi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad ushbu tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, kitob o‘qishga mehrni kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, shuningdek o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.