#Inson_qadri_ulug‘dir

03.06.2022

Hafta boshida vazir Nozim Xusanov Namangan shahrida yashovchi ishsiz fuqaro Ma’murjon Yakubjanov va uning turmush o‘rtog‘i Adiba Jo‘rayevani qabul qilgan edi. Unda subsidiya asosida o'zini-o'zi band qilish masalasi muhokama qilindi.
Vazirning ushbu oila murojaati qanoatlantirilishi bo‘yicha topshirig‘i 3 kun ichida ijrosi ta'minlanib, Ma’murjon Yakubjanovga erkaklar sartaroshlik yo‘nalishi bo‘yicha asbob-uskunalar topshirildi. Shuningdek ushbu fuqaroning farzandiga xatna to'yi o'tkazib berildi.

Ma’lumot uchun: 27-may kuni Ma’murjon Yakubjanovning turmush o‘rtog‘i Adiba Jo‘rayevaga o‘zini-o'zi band qilish uchun subsidiya asosida tikuv mashinasi berilgan.