ILK BOR Yaponiya onlayn mehnat yarmarkasi tashkil etiladi

13.12.2021

DIQQAT EʹLON!

Siz kutgan fursatlar yaqinlashmoqda!

22-dekabrda o‘zbekistonliklar uchun ILK BOR Yaponiya onlayn mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Unda BEPUL ishtirok eting va Yaponiya kompaniyasidan ish taklifini olish borasida imkoniyatingizni sinab ko‘ring!

Buning uchun Siz LINE ilovasini telefoningizga yuklab olib, ro‘yxatdan o‘tishingiz zarur. Unda JOBFAIR 2021 deb nomlangan havolaga kirib, QR kodni LINEhttps://play.google.com/store/apps/details?id=jp.naver.line.android&hl=en&gl=US  dasturi yordamida o‘qiysiz. Yuklab olganingizdan so`ng, biroz muddat kutasiz, sizga xabar keladi.

Quyidagi savollarga javob berishingiz kerak:
👉18 yoshdan kattamisiz?
👉Yaponiyadamisiz?
So‘ngra, O‘zbekiston bayrog‘ini tanlaysiz, Sizga o`zbek tilida ma`lumot keladi.
Bunda Siz quyidagi afzalliklarga ega bo‘lasiz:
Yapon ish beruvchisiga bevosita yapon tilida savol bera olasiz. Savol yapon tilida to‘g‘ri berilsa, ish beruvchi kompaniya tomonidan ish taklifi olish imkoni oshadi.
Siz mehnat yarmarkasida qatnashar ekansiz, yapon tilida savol berishda, avvalo,じこしょうかい (o‘zingizni tanishtirib), savolni yapon tili qoidalariga muvofiq berishingiz va bu jarayonda savol berish odobiga to‘la rioya qilishingiz kerak.
Siz ish beruvchi kompaniya vakilida yaxshi taassurot uyg‘otsangiz, sizga LINE ilovasi orqali aloqaga chiqishadi!

➡️ Quyidagi havola (http://167.172.191.156/uz/registration-two) orqali ro‘yxatdan o‘tishga SHOSHILING!

Yaponiyaga davlat tomonidan borib yashash, ishlash va yuqori daromad olish imkonini boy bermang!

❗️Eslatib o‘tamiz, ushbu onlayn mehnat yarmarkasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Yaponiyaning Adliya vazirligi, Mehnat, Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirligi bilan hamkorlikda o‘zbek fuqarolari uchun maxsus tashkil etilmoqda.