Ilhom Abrorov - O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig'i : "Maqsadimiz ishsizlikni bartaraf qilish"

03.02.2022

Namangan tumanida aholi bandligiga ko'maklashish va hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 212 nafar mehnatga layoqatli, kam ta’minlangan, "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, jamoatchilik otryadi shakllantirildi.

 Ma'lumot uchun: Har bir sektorga 50 nafardan, hokim yordamchisiga 4 nafardan fuqarolar biriktirildi.