Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani yuzasidan munosabad.

29.03.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Uchqo‘rg‘on tumani tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani, shuningdek, har bir xodimdan pul yig‘ilayotgani yuzasidan tarqalgan xabar  Namangan viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.

➖Aniqlanishicha, ushbu holat umumxalq xayriya hashari o‘tkazilayotgan vaqtda tasvirga olingan.

Shuningdek, tibbiyot xodimlaridan gul ko‘chatlari uchun pul yig‘ilmagani, gullar homiylar tomonidan oilaviy poliklinikasiga sovg‘a sifatida berilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra majburiy mehnatga jalb etish holatlari aniqlanmagan.