Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Crafers fabrikasi ishchilari: “Korxona maʼmuriyati ish haqimizni bermayapti” sarlavhali xabar  yuzasidan Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.

01.04.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Crafers fabrikasi ishchilari: “Korxona maʼmuriyati ish haqimizni bermayapti” sarlavhali xabar  yuzasidan Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.

Unga ko'ra, 1066-sonli to‘lov topshiriqnomasi asosida jamiyat xodimlariga 923 036 799,03 so‘m miqdoridagi ish haqlari to‘lab berilishi ta’minlangan. Ayni vaqtda tashkilotning xodimlar oldida ish haqlaridan qarzdorligi mavjud emas.
Ushbu holatda mehnat qonunchiligi talablari buzilishi aniqlanmadi.