Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi viloyat prokuraturasi topshirig‘ini bajaraman deb katta qovun tushirdi” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo‘yicha ....
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi viloyat prokuraturasi topshirig‘ini bajaraman deb katta qovun tushirdi” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Unga ko’ra, Qashqadaryo viloyat prokuraturasining talabnomasiga asosan Qashqadaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Koson tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori X.Omonov O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan o‘rganishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan.
O‘rganish davomida, mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Temurbek Poyonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 229-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Mazkur qarorning birinchi qismida texnik xatolik sababli Poyonov Temurbek Olimovichning ish joyi va lavozimini “Koson tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 34-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori” degan yozuvlar yozilgan.
Ushbu ma’muriy qarorni qabul qilishda ayrim qonunchilik talablari buzilganligi sababli ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror bekor qilinib, qayta ko‘rib chiqish choralari ko‘rilmoqda.