Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq (OKMK)dagi 3-misni boyitish fabrikasi (MOF-3) qurilishida quruvchilarni tom bosib qolganligi xaqida xabarlar tarqaldi.
20.02.2024
Ushbu baxtsiz hodisani maxsus tekshirish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, vaziyat o'rganilmoqda.
Tekshirish yakunlari hamda voqeaning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.