Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Namangan shahar Yangi Namangan tumani mahalla raislari majburiy mehnatga doimiy ravishda jalb qilib kelinayotgani to'g'risida xabar yuzasidan rasmiy munosabat.
16.04.2022
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Namangan shahar Yangi Namangan tumani mahalla raislari xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlar va raislar majburiy mehnatga doimiy ravishda jalb qilib kelinayotgani to'g'risida xabar tarqalgan.
Mazkur holat Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.
Unga ko'ra ijtimoiy tarmog‘idagi foto-lavhalarda tumandagi
"Mustaqillik 5-yilligi" MFYning fuqaro va jamoatchi xodimlari
ekanligi aniqlandi va Yangi Namangan tumani xokimligi tomonidan majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaganligi tasdiqlandi.