Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar 1-DIMIda o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari oylik tabelidan o‘chirish bilan qo‘rqitib, o‘qituvchilarni har kuni majburiy mehnatga jalb qilmoqda.
23.08.2023
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar 1-DIMIda o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Tursunov oylik tabelidan o‘chirish bilan qo‘rqitib, o‘qituvchilarni har kuni majburiy mehnatga jalb etayotgani, qatnashmaganlar hech qanday asossiz oyligi tabelidan o‘chirilayotgani haqida xabar e'lon qilindi.
Namangan viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu murojaatni o’z nazoratiga oldi, oʻrganishlar natijasi haqida qo’shimcha axborot beriladi.