Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon shahar Istirohat ko‘chasida yashovchi Z.Jo‘rayeva turmush o‘rtog‘i bilan “Kogon yog‘” AJ korxonasida ishlashi, ammo 3 oydan buyon oylik maosh berilmayotgani haqida xabar e'lon qilindi.

22.08.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon shahar Istirohat ko‘chasida yashovchi Z.Jo‘rayeva turmush o‘rtog‘i bilan “Kogon yog‘” AJ korxonasida ishlashi, ammo 3 oydan buyon oylik maosh berilmayotgani haqida xabar (https://t.me/potrebitel_bukhara/117787) e'lon qilindi.

Buxoro viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu murojaatni o’z nazoratiga oldi, oʻrganishlar natijasi haqida qo’shimcha axborot beriladi.