Ijtimoiy tarmoqlarda “Karakul Education” nomli xususiy o‘quv markazi ma’muriyati bilim olish uchun kelgan yoshlarni majburiy mehnatga jalb qilayotgani haqidagi xabar eʼlon qilindi.
02.08.2023
Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tumanida faoliyat yuritayotgan “Karakul Education” nomli xususiy o‘quv markazi ma’muriyati bilim olish uchun kelgan yoshlarni majburiy mehnatga jalb qilayotganidan shikoyat qilingani haqida xabar eʼlon qilindi.
Buxoro viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi ushbu murojaatni o’z nazoratiga oldi, oʻrganishlar natijasi haqida qo’shimcha axborot beriladi.